OYBEK HOLMEDOV: Qorbobo bo’lish niyatida Mirzabek Holmedovni tanimagan insoning o'zi
bo'lmasa kerak to'g'rimi? Barchamizni kayfiyatimizni ko'tarish uchun
doim halq hizmatidan charchamaydigan insonlardan hisoblanadi. Bugun
aynan ular bilan emas balki o'g'illari Oybek bilan suhbat qildik.
- Yangi yilni kimlar bilan va qayerda kutib olasiz?
- Yangi yilni uyda kutib olamiz.
Bu bayram biz uchun qo'shaloq bayram hisoblanadi. Sabab meni
mehribon onajonimning tug'ilgan kunlari. Meni uchun eng qadrli inson
onamlar bo'ladilar. Uyimizda o'sha kuni mehmonlar bilan to'la bo'ladi.
- Yangi yil kechasi soat 12:00 da
o'zi hech uyda bo'lganmisiz?
- Ha.
- Otangizchi?
- Albatta. Chunki aytganimdek onajonimning tug'ilgan kunlari.Yangi
yilni uyda kutish mazza. Oila bilan kutganga hech narsa yetmaydi.
- Qorboboga xat yozganmisiz?
- Yozmaganmanku lekin uyimizga taklif qilardik.
- O'zingiz qorbobo bo'lganmisiz?
- Yo'q. Hamma obrazlarni yaratganmanu lekin shu qorboboni
yaratmaganman.
- Nega?
- Qorbobo bo'lish niyat bor.
- Yangi yil tilaklaringiz.
- 2011 yilni muhtaram Prezidentimiz biznes-tadbirkorlik yili deb
e'lon qildilar. Illohim tadbirkorlarimiz va san'atkorlarimizga va
hammaga omad olib kelsin. O'zbekistonda tadbirkorlik-biznes sohasi
kuchayishini tilayman. Internet kun sayin kuchayib
bormoqda. Ma'lumotlarni olish maqsadida foydalanamiz. Yangi yil barchaga
baht va omad olib kelsin, cho'ntaglariga hamroh bo'lsin.
- O'zi saytlarga kirib turasizmi?
- To'g'risini aytsam saytlarga ma'lumot olish uchun kirib turaman.
San'at sohasiga va kino sohasiga juda ham qiziqaman. Fil'mlar haqida
ma'lumotlar yig'aman. Muxlislarim bilan gaplashman. Nima istasangiz
barchasi internetda mavjud.
- Qanday yangiliklarni sizdan kutsak bo'ladi?
- Hudo hohlasa mp3 formatidagi albom chiqarish va klip olish niyat
bor.Hajviy ko'rsatuvlar qilishni rejalashtirganmiz.
-Radiolarda ham chiqish qilib turasiz to'g'rimi?
- Muxlislarmiz uchun bir e'lon A'lo fm radiosida "Talabalar +"
eshitishimiz bor. Kuz oyidan beri eshitiramiz.Hammani tinglashga taklif
etaman.
Suhbat davomida Oybekning juda ham tarbiyali
hamda samimiy ekanligiga guvoh bo'ldik. Oybekda insoniy fazilati
yuqoriligi bizni juda ham qoyil qoldirdi. Bunday san'atkorlarimiz bor
ekan san'atimiz kundan kun gullashiga shubhamiz yo'q.
|