Mp3 MusiC
SHERLAR
SO'ROVNOMA
SAYTIMIZ DIZYANI QANADAY CHIQIPTI
Hamma Ovozlar: 63
ONLAYN STATISTIKA


хостинг от billur.net
XOZIR SAYTDA: 1
MEHMONLAR: 1
FOYDALANUVCHILAR: 0
REKLAMA

Главная » 2010 » Dekabr » 26 » “ZARAFSHON”GA SIG’MAGAN “OZOD-SHOU”!
22:38
“ZARAFSHON”GA SIG’MAGAN “OZOD-SHOU”!

                                          

                     "ZARAFSHON”GA SIG’MAGAN "OZOD-SHOU”!


Yakuniga yetayotgan yilda 23 ta konsert dasturi bilan o’zbek konsertlari tarixida rekord darajani qayd etgan Ozodbek Nazarbekov yil davomida eng samarali ijod qilgan xonanda bo’ldi, desak hecham adashmaymiz. Davlat tadbirlari bormi, xalq xizmatlari, konsertlarmi yoki shou dasturlar Ozodsiz o’tmadi. U hammasiga ulgurdi, hammasiga bardosh berdi. Qolaversa, uning mana shunday samarali xizmatlari inobatga olinib unga yuksak e’tirof ya’ni "O’zbekiston xalq artisti” unvoni taqdim etildi. Mana yil tugayapti hamki u hanuz o’z xizmatlarini ado etishdan charchagani yo’q. Nihoyat, ko’pchilik uchun orziqib kutilgan "Ozod-shou” dasturining Yangi yil soni ham suratga olindi. "Zarafshon” konsert zalida bo’lib o’tgan dastur haqidagi eng rostmona haqiqatlarni sizga taqdim etamiz.

Dastur ikki kun mobaynida bo’lib o’tdi, hamda suratga olindi. Birinchi kuni Rashid Xoliqov, Shoxruxhon, Gulsanam Mamazoitova, Jamila G’ofurova, Shahzoda Matchonova ishtirok etishgan bo’lsa, ikkinchi kuni Sardor Rahimxon, Ziyoda, Mansurxon Nurmatov, Ra’no Shodiyeva kabi ijodkorlar qatnashishdi.

Zokir Ochildiyevning qorbobo obrazi, shoira Nargizxonning qorqiz bo’lishi, "Bulbulcha” bolalar ansamblining ajoyib chiqishlari, G’ayrat Ahmedovning o’zgacha uslubdagi O’lmas Koshchey sifatida gavdalanishi tomoshabinlar kayfiyatini ko’tarib yubordi.

Avvalo shuncha xizmatlardan ortib yana bir jiddiy ijodiy ishini muxlislarga taqdim etayotgani uchun Nazarbekovga tasanno aytging keladi. Negaki, shou-biznesda ayrimlar o’zi hech nima ish qilmayotgan bo’lsa-da, birovning ortidan gap-so’zlarni "bolalatishni” qoyillatishadi. O’z o’rnida ularga qarata aytging keladi, "birinchi” bo’lging kelayotgan bo’lsa, Ozod qilgan ishning hech bo’lmasa undan birini qil! Bu so’zlarni Nazarbekovni maqtash uchun demadik, faqatgina uning ham oddiy bir inson ekanligini ko’pchilikka uqtirib qo’ymoqchi bo’ldik, xolos. Endi esa sarlavhamizga e’tibor qaratamiz. Bejizga bunday demadik, aynan bugungi kunga kelib "Ozod-shou” uchun "Zarafshon” konsert zalining sahnalari torlik qilib qolibdi. Bunga taklif etilgan mehmonlar ham guvoh bo’lishdi. Nazarimda, endi shouning katta sahnalarga ham ko’chish fursati yetdi. Ajab emas, kelgusi yildan boshlab Nazarbekov shoulari ham muhtasham "Istiqlol” san’at saroylarida taqdim etilsa-yu, unga ham sig’may qolgan muxlislar uchun saroy tashqarisiga katta monitorlar ochib qo’yilib ko’chada qolganlarga ham namoyish etib turilsa. Axir bugun o’zbek shou-biznesi ham hech qaysi xorijiy konsertlardan qolishadigan darajada emas-ku. Nazarbekovning ayni vaqtdagi shuhrati esa bu so’zlarga ajablanish kerak emasligini tasdiqlaydi.       

"Ozod-shou”ga bir yildan so’nggi nigoh

1. Nazarbekov shou sahnasiga yaxshigina moslashib olibdi. U endi sahnada o’zini erkin tuta oladi va tomoshabin hamda ishtirokchilar bilan samimiy muloqotga kirishadi.

2. Zokir Ochildiyev shouning shouligini Nazarbekovning xayolidan faromush bo’lgan paytlarda zukkolik bilan anglab, uni to’ldirishga bor kuchini sarflaydi.

3. Sahna nihoyat "Ozod-shou”ning rostmona dekoratsiyasi bilan boyitilgan. Endi ishtirokchilar sahnaga maxsus eshikchalar orqali kirib kelishadi. Qolaversa, kerakli effektlar ham o’z o’rnida ishlatilyapti.

4. Ijodkorlarni qiynayotgan birgina jihat esa shouga taklif etilgan mehmon san’atkorlarning shou holatiga kirisha olmayotganligi. Agarda ular ham shu holatni his qilib ijodkorlarga ko’makchi bo’lishsa va shouga hamohang bo’la olishsa "Ozod-shou” o’z maqsadiga yetgan bo’lardi. Ammo bundan ranjimasak ham bo’ladi, negaki biroz vaqtdan so’ng taklif etilayotgan mehmonlar ham ijodkorlarning maqsadinini tushunishib olishadi va shunga tayyor bo’lishadi.

Xullas kalom Yangi yil ostonasida Ozodbek Nazarbekov o’z shousi bilan bu yilgi mehnat rejasini ortig’i bilan muxlislarga taqdim eta oldi. Endi esa u bir oz hordiq chiqarishi lozim. Ammo bu Nazarbekovga xos bo’lmagan odat shekilli, ayni kunlarda uning yangi konsert dasturiga tayyorgarlikni boshlab yuborganini eshitdik. Ko’pchilikni "shok”ka soluvchi bir yangilik esa bu yil aynan muxlislar istagi bilan Nazarbekov konsertlarining roppa-rosa bir oy ya’ni 30 kun mobaynida taqdim etilish bo’lsa kerak. Ha, hayratlanasizmi, ajablanasizmi Ozodbek 2011 yilda "Istiqlol” san’at saroyida 30 ta konsert dasturini taqdim etadi. Biz esa o’z kuzatishlarimizni davom ettirgan holda, hech qachon katta sahnalardan tushma, Ozodbek, deb qolamiz. Axir o’zbek san’atini o’z o’rnida, o’z holatida taqdim etayotgan ijodkorni qo’llab-quvvatlamay bo’ladimi?



Категория: Shou - Biznes | Просмотров: 1962 | Добавил: SaRiK | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
TAQVIM
«  Dekabr 2010  »
DshSshChrPyJmShbYa
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031
SIZ XAQINGIZDA

      SALOM:Гость
GURUX:"Mehmonjon"
XATLAR:()
PROFIL:МEN XAQIMDA
        
           RSS              CHIQISH
HAMKORLARIMIZ
BU BIZ
            

                BU SIZ

 

BIZ BILAN HAMKOR BO`LING

SARIK_0011@MAIL.RU

SMS YUBORISH
 
 
 
 
 
BIZ BILAN ALOQA

XABARLAR ARXIVI